KIMYOVIY RADIKALLAR, erkin radikallar — kimyoviy reaksiyalarda, odatda, bir birikmadan boshqa birikmaga oʻzgarmasdan oʻtadigan atomlar guruhi. Mas, SN3-(metil) radikali: 2CH3I+2Na>CH3CH3+2Nal. K.p. juda qisqa vaqt (mas, SN3 0,004 sek) erkin holda boʻladi. Geterogen katalizda, tirik organizmdagi fermentatsiya jarayonlarida, yonish va portlash reaksiyalarida, kreking, piroliz va polimerlanish jarayonlarida K.p. muhim ahamiyatga ega.