KINETIK SANʼAT (yun. Kinetikos – harakatga keltiruvchi) — harakatga keltiruvchi qurilmalar (shuningdek, yorugʻlik va tovush) yordamida estetik samaraga erishish. Kinetik sanʼat 20-a. ning 20 — 30-y. larida paydo boʻlgan. Rossiyada V. Ye. Tatlin, AKSHda A. Kolder va b. oʻz asarlarining ayrim boʻlak va qismlariga harakat, siljish, parchalanish kabi xususiyatlarni kiritib, muhit bilan sanʼat asarining oʻzaro munosabatiga yanada taʼsirchanlik baxsh etishga intildilar.
60-y. larda Kinetik sanʼat fransuz N. Shoffer, argentinalik X. Le Park va b. ijodida toʻla shakllandi. Ular turli optik-akustik vositalar (mexaniq kurilmalarni uzgartirish, ularga turli shakl berish, yorugʻlantirish, sterio tovushlar chiqarish va h. k.) yordamida kompozitsiya yaratishga, 20-a. ilmiy texnika taraqqiyoti va inqilobini koʻrsatishga harakat qildilar. Bu sanʼat Oʻzbekistonda qisman bezash sanʼati (koʻrgazmali targʻibot) da, reklamalarda oʻz ifodasini topdi.