KINOJURNAL

KINOJURNAL (kino… va jurnal) — kundalik turmush va xalqaro ijtimoiy-siyosiy voqealarga bagʻishlab davriy chiqarib turiladigan kinofilm turi.

Oʻzbekistonda 1960-y. gacha «Oʻzbek Davlat kinojurnali», «Sovet Oʻzbekistoni», «Ordenli Oʻzbekiston» va b. K. lar chiqarilgan. 60—70-y. lardan «Oʻzbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasi» ularning oʻrniga kinoalmanaxlar chiqardi, hozir esa faqat hujjatli filmlar, shuningdek, «Nashtar», «Zumrasha» hajviy Kinojurnal lari ishlanmoqda.

Prev Article

KINO QOʻYISH APPARATI

Next Article

KINOKOMEDIYA