KIPLING

KIPLING (Kipling) Jozef Redyard (1865.30.12, Bombey – 1936.18.1, London) — ingliz yozuvchisi. Yoshligi Hindistonda oʻtgan. «Mahkama qoʻshiklari» (1886) sheʼriy toʻplami, «Togʻ hikoyalari» (1888) va «Uch soldat» (1888) novellalari, «Hyp soʻndi» (1890), «Kim» (1901) romanlarida Britaniya harbiy kuchlari, inglizsakson «sivilizatsiya»si madh etilgan. «Kazarma qoʻshiqlari» (1892), «Yetti dengiz» (1896), «Besh millat» (1903) sheʼriy toʻplamlarida oddiy kishilar hayoti va fidoyiliklari tasvirlangan. Qoʻshiklari xalq ogʻzaki ijodi uslubiga yaqin. Bolalar haqidagi «Dovyurak dengiz sayyohlari» (1897), «Shunchaki ertaklar» (1902) qissalari, Maugli sarguzashtlariga bagʻishlangan «Jungli kitobi» (1-kitob, 1894; 2-kitob, 1895) keng tarqalgan. «Rikki-Tikki-Tavi» (1964), «Maugli» (1974) va b. asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Kipling asarlari asosida bolalar uchun multfilmlar yaratilgan. Nobel mukofoti laureati (1907).

Prev Article

KIODO SUSIN

Next Article

KIPR