KIROVOGRAD (1924-y. gacha Yelizavetgrad, 1934-y. gacha Zinovyevsk, 1939-y. gacha Kirovo) — Ukrainadagi shahar, Kirovograd viloyati markazi, Ingul daryosi sohilida. T. y. stansiyasi. Aholisi 273 ming kishi (1997). Mashinasozlik (seyalka ishlab chikaradigan i. ch. birlashmasi, gidravlika kuchlanish mashinalari, teplovoz dizellari, radio buyumlari z-dlari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik va badiiy muzeylar bor. K. ga 1754-y. Yelizaveta qalʼasi sifatida asos solingan.