KIRXGOF NURLANISH QONUNI

KIRXGOF NURLANISH QONUNI — jismning issiqlik nurlanishi haqidagi asosiy qonun; jismlarning nurlanish qobiliyati ye (v, T) bilan nur yutish qobiliyati a (v, T) orasidagi bogʻlanishni ifodalaydi. 1859-y. da G. R. Kirxgof kashf qilgan. Quyidagicha taʼriflanadi: jism nurlanish qobiliyatini nur yutish qobiliyatiga nisbati xuddi shu t-radagi mutlaq qora jismning nurlanish qobiliyatiga teng. Bu nisbat jismning tabiatiga bogʻliq boʻlmaydi, u barcha jismlar uchun bir xil boʻlib, nurlanish chastotasi v va t-ra T ning funksiyasidan iboratdir: (yeu,T) (av,T) e()(v, T) funksiya mutlaq qora jismning nurlanish krbiliyati. Bu funksiya koʻrinishini M. Plank aniqlagan. Kirxgof nurlanish qonuniga binoan, maʼlum t-rada boshqa jismlarga nisbatan koʻproq nur yutayotgan jism jadalroq nurlanadi (mas, jismning bir uchi qora lok bilan qoplansa, qora uchi koʻproq energiya yutadi va oʻsha uchi koʻproq energiya chiqaradi).

Prev Article

KIRXGOF

Next Article

KIRXGOF QOIDALARI