KISLOTALI BOʻYOQLAR, kislotali boʻyagichlar — molekulasida kislota guruhi (HSO3, baʼzan SOON) boʻladigan, suvda yaxshi eriydigan organik boʻyoq moddalar. Antraxinon boʻyagichlar, azoboʻyagichlar asosiy Kislotali boʻyoqlar jumlasidandir. Jun, tabiiy ipak, poliamid tolalar hamda teri, qundoʻz, qogʻoz va b. materiallarni boʻyashda koʻplab ishlatiladi (yana q. Boʻyagichlar).