KLAUZIUS (Clausius) Rudolf Yulius Emanuel (1822.2.1, Kyoslin, hoz. Koshalin, Polsha — 1888.24.8, Bonn) — nemis fizigi, termodinamika va gazlar kinetik nazariyasi asoschilaridan biri. Berlin un-tini tugatgan (1848). Syurix (1857-y. dan), Vyursburg (1867-y. dan) va Bonn (1869-y. dan) un-tlari prof. Termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini taʼriflab bergan (1850). Entropiya tushunchasini kiritgan (1865). Moddaning erish t-rasi oʻzgarishini bosim oʻzgarishi bilan bogʻlovchi tenglamani (q. Klapeyron—Klauzius tenglamasi) asoslab bergan (1850). Ideal gaz, shuningdek, molekulalarning erkin yugurish uzunligi tushunchasini fanga kiritgan va birinchi boʻlib shu uzunlikni hisoblagan (1860). Klauzius elektroliz nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. Joul—Lens qonuninp nazariy jihatdan asoslagan, termoelektr nazariyasini rivojlantirgan, dielektriklarning qutblanish nazariyasini ishlab chiqqan.