KLAVDIY (Claudius), Tiberiy Klavdiy Neron Germanik (mil. av. 10 y. — Lugdunum — mil. 54 y.) — Rim imperatori (41—54 y. lar), yuliylar-klavdiylar sulolasidan. Klavdiy imperiya byurokratiyasiga asos solgan, davlatning moliyaviy ahvolini yaxshilagan, soliq tizimini tartibga solgan, provinsiyalardagi jamoalarga ham Rim fuqaroligi huquqini inʼom etgan.