KNYAZ

KNYAZ (rus.) — 1) qabila boshligʻi, davlat yoki alohida mulk hukmdori. Knyaz (nem. Furst) oʻrta ayerlarda Germaniyada maxsus imtiyozlarga ega boʻlgan oliy imperiya aristokratiyasi vakili. Aholisi roman tillarida soʻzlashuvchi mamlakatlarda Knyaz unvoni prince (lot. princeps — birinchi soʻzidan) soʻzi bilan ifodalanadi. Rossiyada Knyaz larning kattasi — ulugʻ Knyaz, qolganlari — viloyat K. lari deb atalgan;

2) avloddan-avlodga oʻtgan faxriy dvoryanlar unvoni; podsho tomonidan alohida xizmat koʻrsatgan amaldorlarga ham inʼom qilingan (18-a. dan).

Prev Article

KNOS

Next Article

KOAGULYATSIYA