KOKIL, haydar — 1) ayollar sochining bir oʻrimi;
2) islom anʼanasida diniy tabaqaga mansublik va nazr belgisi sifatida bolalarning boshida krldiriladigan bir oʻrim soch. K. koʻyish 2 xil boʻlgan, boʻlar sayid kokil va nazr yoki atama Kokil deb atalgan. Sayid Kokil qoʻyishni (oʻz. taxm. 30—40 sm) faqat sayidlar (toʻralar) boshning ikki joyidan qoʻyganlar. Bu ularning paygʻambar avlodi ekanliklarining belgisi hisoblangan. Sayidlar bu Kokilni umrbod saqlashgan. Kokil qoʻyish oddiy kishilar orasida ham odat boʻlgan. Ular oʻgʻil farzandlarning (koʻpincha yolgʻiz oʻgʻil) uzoq umr koʻrish, sogʻ-salomat yurishini niyat qilib muqaddas joylarga atab, boshning tepa oʻng qismidan bir oz soch krldirishgan. Uni 10—12 sm gacha oʻstirganlar. Bola 7—8 yoshga kirganda atalgan joyga jonliq olib borib, soʻyib Kokilni oldirganlar.