Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KOʻLTOʻSIN

KOʻLTOʻSINSamarqand viloyati xududidagi tekislik. Qorachatogʻning shim. etagida, togʻ oldi botigʻining turli oqiziklar va koʻl choʻkindi jinslari b-n toʻlishidan hosil boʻlgan. Toʻsinsoy Qorachatogʻni kesib, Zarafshon vodiysiga chiqkandan soʻng koʻl suvi oqib chiqib ketgan. Yer yuzasi Tusinsoyga tomon nishab; yosh jarlar kesib oʻtgan. Koʻlning kulrang tusli gil jinslari togʻ yon bagʻrida 120 m gacha balandlikda uchraydi.

Koʻltoʻsin ekinzor va bogʻlarga aylantirilgan. Quruqsoy, Nukatsoy, Ilonlisoydan sugʻoriladi.

Prev Article

KOʻLOB

Next Article

KOʻLXANJAR GʻORI