Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KONKLAV

KONKLAV (lot. conclave — berk xona) — Rim papasini saylash maqsadida chaqiriladigan kardinayalar yigʻini (1274-y. dan), shuningdek, yigʻin oʻtkaziladigan bino. Yigʻin tashqi dunyodan butkul ajratib qoʻyilgan binoda oʻtadi. Konklav oʻtkazish tartibi 13-a. da papa Grigoriy X tomonidan belgilangan. Keyingi papalar bu tartibga juzʼiy aniqlik va tuzatishlar kiritgan. Papa saylash uchun qatnashchilarning 3 dan 2 qismi ovoz berishi va yana qoʻshimcha bir ovoz berilishi talab qilinadi. Konklav qatnashchilarining soni 120 dan oshmasligi kerak.

Prev Article

KONKISTADORLAR

Next Article

KONKRET MUSIQA