KONNEKTIKUT — AQSHning shim.-sharqiy qismidagi shtat, Yangi Angliyada. Mayd. 12,9 ming km2. Aholisi 3,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Xartford sh. K. hududi dastlab Angliya mustamlakasi boʻlgan. 1788-y. dan AQSH tarkibida. Shtat LongAylend boʻgʻozining sohil pasttekisligi va Appalachi tovyurining jan. etaqlarida (200—400 m) joylashgan. Konnektikut hududidan oʻtuvchi Konnektikut daryosida kema qatnaydi. Iqlimi moʻtadil okean iqlimi. Xartfordda oʻrtacha t-ra yanv. da —2,4°, iyulda 22,6°. Yiliga oʻrtacha 1200 mm yogʻin yogʻadi.
Yetakchi sanoat tarmoqlari — mashinasozlik (elektrotexnika va radioelektronika, soat i. ch., priborsozlik, aviasozlik, kemasozlik va b.) va metallsozlik. Toʻqimachilik, kimyo, rezina, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Xartford, Brijport, NyuXeyven, Uoterberi.
Q. h. ning yetakchi tarmogʻi — sut chorvachiligi va parrandachilik. Konnektikut daryosi vodiysida tamaki yetishtiriladi. Transport yoʻllari zich. Muhim dengiz portlari: Nyu-Xeyven, Brijport, NyuLondon. Konnektikutda muzeylar, un-tlar bor.