KONSENSUS

KONSENSUS (lot. consensus — yakdillik, kelishuv) — xalqaro shartnomalar tuzishda parlament yoki kengashlarda tegishli qaror qabul qilish; bunda rasman eʼtiroz bildirilmasa, ishtirokchilarning umumiy roziligi asosida rasmiy ravishda ovoz berilmaydi. Konsensus usuli, shuningdek, BMT organlarida tan olingan boʻlib, shu tashqilot doirasida oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qoʻllaniladi.

Next Article

KONSERVA