Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KONSORSIYA

KONSORSIYA (lot. concortium — jamoa) — avtotrof va geterotrof organizmlarni topik va trofik (oziq) bogʻlanish asosida birlashtiradigan biotsenozning strukturaviy birligi. Alohida olingan daraxt (daraxtlar guruhi) Konsorsiyaga misol boʻladi. Edifikator (biotsenozda asosiy oʻrin tutadigan turlar) — oʻsimliklar bilan fitofaglar va ularning parazitlari, mikoriza zamburugʻlari, epifitlar va in quruvchi qushlar oʻzaro bogʻlangan. Konsorsiya haqidagi tushunchalar 20-a. ning 50-y. lari boshlarida rus olimlari V. N. Beklemishev va L. G. Ramenskiylar tomonidan shakllantirilgan.

Prev Article

KONSORSIUM

Next Article

KONSPEKT