KONSUMENTLAR (lot. consumo – isteʼmol qilaman) — trofik zanjirda tayyor organik moddalarni isteʼmol kiladigan organizmlar. Konsumentlarning barchasi geterotrof. Bitta zanjirda birinchi tartibdagi (oʻtxoʻr hayvonlar), ikkinchi, uchinchi va h. k. tartibdagi Konsumentlar (etxoʻrlar, yirtqichlar, parazitlar va b.) oʻrin oladi.