KONTINUUM (lot. continuum — uzluksiz) , matematikada — uzluksiz toʻplam; bir nechta xilda qoʻllaniladi. Toʻplamlar nazariyasida, mas, toʻgʻri chizikdagi kesma barcha nuqtalarining L toʻplami. Kontinuum quvvat — C=2No kardinal son; natural sonlarning barcha qism toʻplamlarining quvvatini bildiradi. Kontinuum gipoteza (G. Kantor gipotezasi) Kontinuum quvvatli toʻplamning barcha cheksiz qism toʻplamlari quvvati yoki natural sonlar toʻplami quvvati bilan yoki Kontinuum quvvatli toʻplam bilan bir xil. Topologiyada — boʻsh boʻlmagan bogʻlamli bikompakt fazo. Metrika kiritilgan Kontinuumlar muhim ahamiyatga ega.