KONVOY (gollandcha — konvooi) — 1) transport, harbiy asirlar, mahbuslar va b. ni qoʻriqlovchi harbiy boʻlinma, qism;
2) harbiy transport va savdo kemalari otryadi hamda ularni dengizdan oʻtish chogʻida qoʻriqlab boruvchi jangovar kemalar. 2-jahon urushi davrida (1939— 45) transport kemalarni koʻzatib borish maqsadida maxsus Kʻ. kemalar yasalgan.