KOʻPRIK — 1) toʻsiq (daryo, kanal, jar yoki boshqa joylar) dan yoʻl oʻtkazish uchun quriladigan muhandislik inshooti. Vazifasiga koʻra, Koʻprikning avtomobil, t. y. va piyodalarga moʻljallangan Koʻprik, yoʻl oʻtkazgich; joylashish oʻrniga koʻra, shahar K. lari va shahardan tashqaridagi yoʻllarga quriladigan; birlashtirilgan (avtomobil va t. y. lar uchun birga qurilgan), akveduk, viaduk xillarga; ishlatiladigan materialiga koʻra, yogʻoch, tosh, metall, temir-beton Koʻprikga, prolyot tizimlariga qarab, balkali, arkli va osma, konsol; prolyotlar soniga koʻra, bir prolyotli va koʻp prolyotli; yuk koʻtaruvchi konstruksiyasiga nisbatan joylashishiga koʻra, ustidan, pastdan, oʻrtasidan harakatlanadigan xillarga; qatnovning uzluksiz va oʻzlukli boʻlishiga qarab, Koʻprik doimiy va harakatlanuvchi (ochiladigan, koʻtariladigan, soʻzadigan) xillarga; yigʻma va qismlarga ajraladigan xillarga boʻlinadi. K.-kanal va K.-uylar ham boʻladi. Boʻlar koʻprik vazifasini oʻtash bilan birga uy va kanal vazifasini ham oʻtaydi. Ilgari Koʻpriklar, koʻpincha, yogʻoch va xarsang toshlardan qurilgan. Qad. yogʻoch Koʻpriklar saqlanib qolmagan. Oʻrta asrlarda arkli xarsang Koʻpriklar (Rim, Ispan, Xitoyda) koʻproq qurilgan. Oʻrta Osiyo va Rossiyada yogʻoch va tosh K. lar boʻlgan. Katta daryolardan oʻtishda soʻzuvchi Koʻprikdan foydalanilgan. Choʻyan K. lar Angliyada (1779), soʻngra Rossiyada (1784); osma (zanjirli) K. Amerikada (1796), keyin Angliya va Rossiyada qurilgan. 20-a. boshlariga kelib Koʻprik qurishda temir-betondan asosiy material sifatida foydalanila boshlandi, chunki pishiq, arzon, uni yigʻish oson va b. Uncha uzun boʻlmagan Koʻprik qurishda temir-beton prolyot tayanchlarga butunicha kranlar yordamida qoʻyiladi. Undan ravoqli, balkali va ramali Koʻpriklar qurila boshladi. Hoz. zamon ravoqli temir-beton Koʻprik larning prolyotlari oʻz. 300 m ga yetadi. Oʻzbekistonda Chirchiq, Sirdaryo va Amudaryodan oʻtkazilgan Koʻpriklar, asosan temir-betondan arkli va ramali qilib qurilgan. Koʻprik, asosan, tayanch va prolyotdan iborat boʻladi. Tayanchlar qirgʻoq va oraliq tayanchlarga boʻlinadi. Temir-beton va xarsang toshdan yasalgan Koʻprikda, koʻpincha, prolyot va tayanchlar yaxlit qurilmani hosil qiladi. Aralash konstruksiyalar (mas, temir-betonli poʻlat balkalar yoki poʻlat shprengelli temir-beton balkalar va b.) keng qoʻllanilmoqda. Hoz. zamon Koʻprik qurilishida yigʻma Koʻprik konstruksiyalaridan, yigʻma elementlarini unifikatsiyalash va bir xillashtirish usullaridan, Koʻprik konstruktiv tizimlarini rivojlantirish, prolyotlarni oʻzaytirish, mustahkamligi yuqori boʻlgan poʻlat, yengil qotishmalar va betonlardan, parchin mixli birikmalar oʻrnida payvand birikmalardan, tutash temir-beton Koʻprik qurishda qismlarga ajratiladigan opalubkalardan va montaj agregatlardan foydalanilmokda;
2) avtomobil, traktorlar yurish qismining elementa. Gʻildiraklarga taʼsir qiladigan kuchlarni rama yoki koʻzovga oʻzatadi. Oʻrnatilgan gʻildiraqlarning vazifasiga qarab, yetakchi, boshqariladigan va murakkab (yetakchi va ayni vaqtda boshqariladigan) Koʻpriklar boʻladi. Bundan tashqari, oldingi, ketingi va oʻrta (uch oʻqli avtomobillarda) Koʻpriklar bor.