KOʻRGAN — RFdagi shahar (1782-y. dan), Koʻrgan viloyati markazi. Tobol daryosi sohilida. T. y. tuguni. Aholisi 368,3 ming kishi (1998). Mashinasozlik (q. x., transport va b.), kimyo, oziqovqat (goʻsht k-ti), yengil (trikotaj, tikuvchilik, poyabzal) sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik va badiiy muzeylar mav-jud. K. Gʻarbiy Sibirdagi eng qad. shaharlardan biri. Ruslar Sibirni egʻallash jarayonida 1662-y. da Saryovo Gorodishche istehkomini qurgan. Shahar 1782-y. gacha Saryova Sloboda deb atalgan.