KORRELYATSIYA (lot. correlatio — nisbat, munosabat) — 1) tushunchalar, narsalar, funksiyalar orasidagi oʻzaro bogʻliqlikni, oʻzaro moslikni, munosabatni bildiruvchi tushuncha;
2) (matematik statistikada) — qatʼiy funksional xarakterga ega boʻlmagan tasodifiy mikdorlar orasidagi ehtimoliy (statistik) bogʻlanish. Korrelyatsiyaning matematik kutilishlari M, va Ms hamda dispersiyalar D va Bs boʻlgan % va t tasodifiy miqdorlar orasidagi eng koʻp qoʻllaniladigan tafsiloti Korrelyatsiya koeffitsiyenti deb ataladi. Bu koʻrsatkich ushbu formula bilan aniqlanadi: K. koeffitsiyenti – 1 < g < 1 tengeizlikni qanoatlantiradi. Agar g^= O boʻlsa, u holda Ј; va t| mikdorlar korrelirlanmagan deyiladi; bogʻliqmas mikdorlar albatta korrelirlanmagan boʻladi (aksinchasi notoʻgʻri). Agar r?il = ±l boʻlsa, u holda t, va s orasida chiziqli bogʻliqlik mavjud boʻladi. Korrelyatsion analiz Korrelyatsiyaning matematik nazariyasiga asoslanadi.