Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KOSBERGENOV Rzambet Kosbergenovich

KOSBERGENOV Rzambet Kosbergenovich (1905—1979) — tarixchi olim. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), tarix fanlari d-ri (1973). Qoraqalpogʻiston ped. in-tini tugatgan (1948). Oʻzbekiston FAning Qoraqalpogʻiston boʻlimi Iqtisod va madaniyat in-tida ilmiy xodim (1951 — 53), shu in-t direktori (1953—59); Oʻzbekiston FAning Qoraqalpogʻiston filiali N. Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot in-tida tarix shoʻbasi mudiri (1959). S. P. Tolstoye va T. A. Jdanko boshchiligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi qatnashchisi (1946—56). Kosbergenovning ilmiy faoliyati qoraqalpoq xalqining etnik tarixi va shakllanishiga bagʻishlangan.

Prev Article

KOSACHA BARG

Next Article

KOSEKANS