KOSHIFIY Husayn Voiz

KOSHIFIY Husayn Voiz (taxallusi; asl ismi Kamoliddin; Voiz — laqabi) (taxm. 1442/46, Sabzavor qishlogi — 1505, Hirot) — notiqlik sanati namoyandasi va nazariyotchisi, mutafakkir, ilohiyotchi olim. Arab, fors, turk tillarini yaxshi bilgan, mat., kimyo, astronomiya, musiqa, adabiyot va fikhdan toʻla maʼlumot olgan. Yoshligidan voizlik bilan shugʻullangan. Nishopur Mashhadda (1455—68), keyinchalik Hirotda (1468-y. dan) yashagan. Asarlarini fors tilida yozgan. Navoiy bilan ijodiy hamkorlik qilgan, unga bagʻishlab asar yozgan («Mavoqibi oliya» — «Oliy tuxeralar»). Falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik siyosat, din tarixi, voizlik, sheʼr sanʼati kabi fanlarga oid 200 dan ortiq asar muallifi. Axloq haqidagi eng mashhur asarlaridan biri «Axloqi muxsiniy» («Yaxshi xulqlar») Husayn Boyqaronipg oʻgʻli Abulmuhsin Mirzoga bagʻishlangan. «Futuvvatnomai sultoniy yoxud juvonmardlik tariqati» asari oʻzbek tilila vashr etilgan (1994). Koshifiyning 45 nomdagi asarlarining 197 qoʻlyozma va 75 toshbosma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.

L().: Navoiy zamondoshlari xotirasida. T.. 1986; Ni sor i y H.. Muzakkiri ahbob; T.. 1993.

Prev Article

KOSHINPAZ

Next Article

KOSHITSE