KOSONSOY SUV OMBORI

KOSONSOY SUV OMBORIQirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati hududida joylashgan gidrotexnika inshooti. Fargʻona vodiysidagi dastlabki suv omborlaridan biri, vodiyning shim.-sharqida (Namangan sh. dan 50 km shim.-gʻarbda). Kosonsoy daryosi rejimini tartibga solish, sel suvlarini toʻplash maqsadida Kosonsoy vodiysining toraygan Oʻrtatoʻqay botigʻida barpo etilgan. Qurilish 1941-y. da boshlanib, 1948-y. da 100 mln. m3 hajmdagi suv ombori foydalanishga topshirildi, 1955-y. da batamom tugʻallangan. Kosonsoy suv omboriga bal. 60 m, oʻz. 290 m toʻgʻon qurildi. Kosonsoy suv omborining suv sigʻimi 165 mln. m3, suv yuzasining maydoni 8 km2, oʻz. 5,2 km, chuq. 20,6 m. K. s. o. suvi bilan Namangan viloyati Chuyet, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari va Kirgʻizistonning Oʻsh viloyati Olabuqa tumani ekinzorlari sugʻoriladi. Suv toʻplash dek. dan iyulgacha davom etadi.

Prev Article

KOSONSOY JOME MASJIDI

Next Article

KOSONSOY TUMANI