KOSOVO MAYDONI — Serbiyaning jan. dagi togʻ oraligʻidagi choʻkma. Bal. 500—700 m. 1389-y. 15-iyunda Kosovo maydonida Serbiya — Bosniya qoʻshinlari (15—20 ming kishi, knyaz Lazar boshchiligida) Turkiya sultoni Murod I armiyasi (27— 30 ming kishi)dan maglubiyatga uchragan. Serbiya Usmonli turk saltanati vassaliga aylangan.