KOTIB (arab. — yozuvchi) — 1) turli qoʻlyozmalarni koʻchirish ishlari bilan shugʻullanuvchi shaxs; mirza, xattot;
2) muassasa, idora, tashqilot yoki ayrim shaxs (yirik olim, yozuvchi, davlat arbobi) ning yozishmalarini olib boruvchi xizmatchi; 3) xizmatchi, korxona i. ch. ini olib boruvchi shaxs;
4) majlis va kengash qarorini yozib boruvchi shaxs;
5) ilmiy muassasalar (ilmiy Kotib), tahririyatlar (masʼul Kotib) va b. da kundalik ishlarga raqbarlik qiluvchi shaxs.