KOTOPAXI

KOTOPAXI — Ekvadordagi harakatdagi vulkan. And togʻlarida, Sharqiy Kordilyera togʻlarining gʻarbiy etagida. Bal. 5897 m. Andezitlardan tuzilgan. 4700 m balandlikdan yuqorisi qor bilan qoplangan. Soʻnggi marta 1976-y. da otilgan. Milliy park tashqil etilgan. Kotopaxidan 50 km shimolda mamlakat poytaxti — Kito sh. joylashgan.

Next Article

KOTORAYA