Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KRAN

KRAN (gollandcha Kgaap) — 1) truboprovodsa — qoʻzgʻaluvchan detali (tiqini) da suyuqlik yoki gaz oqimini oʻtkazish uchun teshigi boʻlgan berkitish klapani, joʻmragi. Oʻtuvchi (oqim toʻgʻri chiziqli harakatlanadi), burchak ostida (oqim 90° burchak ostida harakatlanadi), 3 yoʻlli (3 truboprovod erkin ulangan) xillari bor;

2) t. y. da — t. y. sostavining tormozlari boshqariladigan asbob. Lokomotiv kabinasiga oʻrnatiladi;

3) yuklarni bir joydan ikkinchi joyga olib borish, ortish-tushirish uchun moʻljallangan mashiva (q. Koʻtarish krani).

Next Article

KRANIOLOGIYA