KREMNIY (Silicium), Si — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 14, at. m. 28,0855. Uchta barqaror izotopi bor: 28Si (92,27%), MSi (4,68%) va 30Si (3,05%). K. kisloroddan soʻng tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Yer poʻstining massasi jihatidan 27,6% ini tashqil etadi. Tabiatda birikmalar [koʻpincha kremniy (1U)-oksid SiO2 qumtuproq va silikatlar] qolida boʻladi. Kremniy SiO2 holida oʻsimlik va xayvon toʻqimalarida ham uchraydi. Sof Kremniyni ilk bor 1911-y. fransuz kimyogari J. L. Gey-Lyussak va L. J. Tevarlar ajratib olishgan . K. — kulrang, kumushdek yal-tiroq modda. Amorf va kristall holda boʻladi. Kristall holdagi Kremniyning suyuqlanish t-rasi 1423° (suyuqlanganda hajmi 9% ga kamayadi), qayvash t-rasi 3249° , zichligi 3,33 g/sm3 – Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,8, at. radiusi 0,133, ion radiusi (qavslarda koordinatsion sonlar keltirilgan) 0,040 nm (4), 0,054 nm (6), diamagnetik. Oddiy sharoitda Kremniy moʻrt modda, 8000» dan yuqorida plastik holatga oʻtadi. Kimyoviy birikmalarda, asosan, toʻrt valentli, inert, qizdirilsa faolroq holatga oʻtadi. Odatdagi t-rada faqat ftor bilan birikadi. Yuzasida himoya pardasi (oksid parda) hosil boʻlishi sababli Kremniy yuqori haroratda ham barqaror boʻladi.
Kremniy 400° dan yuqorida kislorod taʼsirida SiO2 gacha oksidlanadi. Kislotalar taʼsiriga chidamli, faqat nitrat va ftorid kislotalar aralashmasi bilan reaksiyaga kirishadi. Kremniy ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, vodorodni ajratib chiqaradi va silikatlar hosil qiladi: Si+2NaOH+H2O=Na2SiO3+2H2T.
300—500° da galogenlar bilan birikib galogenidlar (SiX4 yoki SinX2n+2), 600° da oltingugurt bugʻlari taʼsirida disulfid (SjS2)hh beradi, 600° dan yuqorida u monosulfid (SiS)ra aylanadi. Kremniy yuqori t-rada koʻpgina metallar bilan birikib, silitsidlar hosil qiladi. Amorf holdagi Kremniy koʻp miqdordagi turli gazlarni eritish xossasiga ega. Mac, K. vodorod bilan qattik, eritma (47 at. % N2) beradi. SiO2 K. ning eng oddiy va barkaror birikmasidir. Amorf holdagi SiO2 silikat kislota hosil qiladi.
Sanoatda texnik Kremniy 1800° da qumtuproqni koks b-n, uta sof holdagi Kremniy esa kremniy tetraxloridni 1200—1300° da oʻta sof qoddagi vodorod yordamida qaytarib olinadi. Ozroq miqdordagi Kremniyni Na2SiF6 yoki K^Gʻ^eritmalarini elektroliz qilish usuli bilan olish mumkin. Kremniy — elektronikada asosiy yarimoʻtkazgich metallaridan biri. Uning asosida tayyorlangan asboblar 200° t-ragacha chidaydi. Kremniy intefal sxemalar, diodlar, tranzistorlar, quyosh batareyalari, fotopriyomniklar, yadro fizikasida dedektorlar va turli linzalar tayyorlashda ishlatiladi. Kremniy va uning birikmalari kremniyorganik hosilalar, silitsidlar olishda qoʻllaniladi. Kremniy — biogen element. U inson, hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur. Odam organizmida Kremniy yetishmasa, uning koʻzi ogʻriydi, tish emali yemiriladi, tirnoq yupqalashib, sinuvchan boʻladi, teri, soch oʻzgaradi.
Rustam Marupov.