KRISHNAMURTI

KRISHNAMURTI Jiddu (1895.25.5 yoki 1897 — Madanapalli, Madras shtati — 1986) — hind diniy mutafakkiri va shoiri. 1910-y. teosoflar (ilohiyotchilar jamiyati aʼzolari) tomonidan dunyoning yangi xalosqori deb eʼlon qilindi. Birok. 1929-y. K. ular bilan aloqani uzdi, har qanday uyushgan diniy faoliyatda qatnashishdan voz kechdi. Krishnamurti ga» koʻra, haqiqat faqat ichki hissiyot asosida, shaxs koʻnglidagini bemalol yorilib gapirish holatidagina namoyon boʻladi, har qanday tugal falsafiy va diniy tizim bunga toʻsqinlik qiladi.

Prev Article

KRISHAN CHANDAR

Next Article

KRKONOSHE