Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KUCH

«KUCH — ADOLATDA» — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining gazetasi. 1998-y. 29 avg. dan oyiga bir marta Toshkentda nashr etiladi. Gaz. ning asosiy vazifasi Oʻzbekistonda sud-huquq islohotlarini yoritish, fuqarolarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishga koʻmaqlashishdan iborat. Asosiy ruknlari: «Qonunlarni oʻrganamiz», «Farmon va ijro», «Sud amaliyoti», «Dunyo sudlarida», «Xalqaro huquq olamida», «Menga soʻz bering». Adadi 3 mingdan ortiq (2003).

Prev Article

KUCH

Next Article

KUCHAYTIRGICH