KUKRINIKSLAR

KUKRINIKSLAR (uch rassom familiyasi va ismining dastlabki harflaridan olingan taxallus) — uch kishidan iborat rassom va grafik rassomlarning ijodiy jamoasi: Koʻpriyanov Mixail Vasilyevich (1903—1991); Krilov Porfiriy Nikitich (1902 — 1990); Sokolov Nikolay Aleksandrovich (1903—2000). Kukrinikslar xalq rassomlari, BA haqiqiy aʼzolari, Mehnat qahramonlari. 1924-y. dan hamkorlikda ijod qilib, hayotiy rasmlar b-n gaz. va jur. larda chiqa boshlashgan; hajviy rasmlar ustasi sifatida shuhrat qozo-nishgan va jahonga tanilishgan. Kukrinikslar ichki va tashqi xalqaro hayotga oid oʻtkir maz-munli turkumlar («Transport», 1933 — 34; «Urush olovini yoquvchilar», 1953 — 57 va b.), tashviqiy plakatlar («Dush-manni ayamasdan tor-mor qilamiz va yanchib tashlaymiz», 1941 va b.), kitoblarga ishlangan bezaklar (M. Ye. Saltikov — Shched-rin, 1939; A. P. Chexov, 194046; M. Gorkiy, 1933, 1948-49 va b.), kartivalar («Eski xoʻjayinlar», 1936—37; «Oqibatda», 1947—48 va b.) va b. asarlar mualliflaridir. Kukrinikslar hamkorlikda asarlar yaratishsada, har biri alohida ijodiy uslubga ega, portret, manzara va vatyurmort janrlarida asarlar yaratishgan. Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyiga Kukrinikslar asarlaridan («Moskva chekkasi», 1941) namunalar qoʻyilgan.

Prev Article

KUKERSIT

Next Article

KUKUNOR