KULMIVATSIYA

KULMIVATSIYA (lot. culmen – yuqori nuqta, choʻqqi) (adabiyotshu-noslikda) — badiiy asar konfliktining eng keskinlashgan nuqtasi; qaxramonlarning toʻqvashuvi va oʻzaro munosabatlari hal qilinadigan jara-yon, tugunning yechimi boshlanadigan lahza. Mazmun jihatidan Kulmivatsiya hayot sinovlarining eng yuqori choʻqqisidir. U asardagi muammolarni yavada keskinlashtiradi va qaxramonning qandayli-gini, nimalarga qodirligini aniq-lashga xizmat qiladi. Mas, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» roma-nida Mirzo Anvarning Xudoyorxon bilan munozarasi va uning jallod qoʻliga topshirilish jarayoni yoki «Oʻtgan kunlar»dagi Otabekning Kumush uyining ortida uch vafar dushmani bilan yakkamayakka olishuvi holati shu asarlarning Kulmivatsiya. nuqtalari hisoblanadi. Kulmivatsiya baʼzan asarning boshida, oʻrtasida, oxirida ham kelishi mumkin.

Prev Article

KULCHATOY

Next Article

KULSUM