KULOLLIK CHARXI

KULOLLIK CHARXI — kulollikyaa ishlatiladigan dastgoh; kulolning asosiy ish quroli, maxsus loydan ishlanadigan idishni shaklga solishda foydalaniladi. Kulollik charxi ikki yogʻoch gʻildirak — katta parrak (diametri 1 m gacha) va kichik sartaxta (diametri 20—30 sm) hamda gʻildiraqlarning markazidan oʻtgan dumaloq xarsang toshga oʻrnatilgan oʻkdan iborat. Kulol pastdagi kat-ta gʻildirakni oyogʻi bilan aylantiradi, yuqoridagi gʻildirak ustiga loyni qoʻyib idishni yasaydi. Kulollik charxi ilk bor Qad. Sharkda mil. av. 4—3-ming yillikda paydo boʻlgan, u dastlab qoʻlda aylan-tirilgan. Keyinchalik oʻrta asrlarda oyoq b-n aylantiriladigan xili — hozir qoʻllanilayotgan Kulollik charxi yuzaga kelgan.

Prev Article

KULOLLIK

Next Article

KULON