KURDLAR (oʻzlarini kurd, kurmanj deb ataydilar) — xalq. Turkiyada (7,5 mln. kishidan oshiq), Eronda (5,6 mln. kishiga yaqin), Iroqda (Kurd muxtor viloyatida 3,7 mln. kishi), Suriyada (745 ming kishidan ortiq) va b. mamlakatlarda yashaydilar. Umumiy soni 18 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kurd tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — asosan, sunniy musulmonlar, yazidlar va b. ham bor.