KURORT, kurortl ar (nem. Kurort — shifobaxsh joy) — odam organizmiga foydali va yoqimli taʼsir etadigan tabiiy shifobaxsh vositalar (mineral buloklar, shifobaxsh balchiqlar, kulay iqlim va b.)ga ega va shu vositalarni davolash-profilaktika maqsadida qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlar boʻlgan joy. Shunday joylarda sanatoriylar tashqil etiladi. Tabiiy davo vositalarining xarakteriga koʻra, balneologik (k,. Balneoterapiya), balchiq bilan davolaydigan (q. Balchiq bilan davolash) va iqlimiy (q. Iqlim bilan davolash) K. lar farq qilinadi. Koʻp Kurort larda bir necha xil davo omillari (balchiqli balneologik, balneoiqlimiy, iqlimiybalneologik-balchiqli) boʻladi.
Balneologik Kurort larda asosiy davo omili vanna, dush, basseynda choʻmilish (gidrokarbovatli, vatriy sulfatli va b. suv manbalari), shuningdek, ingalyatsiya, yuvish, klizma, chayish va b. koʻrinishida qoʻllaniladigan mineral suvlar hisoblanadi. Toshkent mineral suvi, Chortok, Chimyon, Kislovodsk, Sochi va b. sanatoriylar bunga misol boʻla oladi.
Balchiq bilan davolaydigan Kurortda suvi shoʻr koʻl va limanlarning il balchigʻi, sapropel balchigʻi (suvi chuchuk koʻllarning il balchigi), torfli balchiqlar (chuchuk va minerallashgan) ishlatiladi. Oʻzbekistonda, asosan, Jizzax viloyatidagi Baliqchi koʻl balchigʻidan foydalaniladi.
Iqlimiy Kurort larda iqlim omillarining shifobaxsh xususiyatlari: K. ning geografik joylashishi, relyefi va tabiati bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda iqlimiy Kurort lardan Oqtosh, Chimyon va b. mashhur.
Kurortlar joylashgan oʻrniga qarab dengiz boʻyi, TOGʻ tekislik (pastlik), oʻrmon, dasht, yarim choʻl va choʻl iqlimli Kurort larga boʻlinadi. Havo va quyosh vannalari, shuningdek, dengiz, daryo va koʻllarda choʻmilish iqlimiy Kurort larning asosiy davo usullaridir. Oʻzbekistondagi Kurort joylardan dastlab Toshkent viloyatining Yangibozor qishlogʻida qimiz bilan davolaydigan, keyinchalik Shohimardonda (1932) oʻpka silini davolaydigan sanatoriylar qurildi.
Togʻ iqlimiy Kurort lari (mas, Issiqkoʻl)t ultrabinafsha nurlar koʻp, t-ra pastroq, havo toza va ionlashgan boʻladi. Dasht K. larida yoz juda issiq va birmuncha quruq boʻlib, bemorlar, asosan, iqlimiy omillar va qimiz bilan davolanadi (q. Qimiz bilan davolash).
Kurortda davolanish faqat tabiiy davo vositalaridan foydalanish emas, balki organizmning himoya kuchlarini, shuningdek, uning noqulay ob-havo omillariga chidamini oshirishga qaratilgan zarur profilatik chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga oladi. Zaruriyatga qarab fizioterapevtik muolajalar, shifobaxsh fizkultura, parhez taomlar, dori-darmonlar, turli giyehlardan tayyorlangan sharbatlar ishlatiladi.
Kurort larda davolash maxsus ruxsatnomalarga binoan olib boriladi. Bemorning Kurortda davolanishi uchun koʻrsatma boʻlsa, unga tavsiya etilayotgan Kurortning xili, davolash turi (sanatoriy yoki amboʻlatoriya) va mazkur bemorning davolanishi uchun eng qulay fasl koʻrsatilgan maʼlumotnoma beriladi. Bu bemorga Kurortga yoʻllanma olish uchun asos boʻladi. Soʻngra vrach bemorga sanatoriy-K. kartasini toʻldirib beradi. Baʼzi kasalliklarda (sil, miokard infarkti, insult va b.) sanatoriy-K. da davolash oʻrganib qolingan iqlim sharoitlarida oʻtkazilsa samaraliroq boʻladi. Kurortga borish toʻgʻrisidagi masa-lani hal etishdan avval, albatta, davolovchi vrach b-n maslahatlashib olish kerak.
Jahonga mashhur Kurort lardan Varva, Zakopane, Karlovi-Vari, Nissa, shuningdek, Yessentuki, Jeleznovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Sochi, OʻzR dagi Chimyon, Chortoq va b. da tabiiy davo omillari bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. Tolibjon Sobirov.