KUY

KUY (qad. turkcha koʻch, xitoycha syuy — ohang soʻzidan) , melodiya — 1) musiqa sanʼatida asosiy ifoda vositasi, bir ovozli, badiiy tugʻallangan musiqiy fikr; turli balandlik va choʻzimdagi musiqiy tovush (toi)larning oʻzaro uyushib tugal shaklga tushgan birikmasi. Musiqiy jumla va ibo-ralarga boʻlinadi. Kuy bir ovozli musiqa tizimiga asoslangan monodiyada., shuningdek, koʻp ovozli polifoniya (boshqa ovozdagi kuylar bilan birgalikda) hamda gomofoniya (akkordlar yoki boshqa ovozlar joʻrligida) uslublarida namoyon boʻladi. Monodik musiqada Kuy tugal badiiy obrazning yagona musiqiy ifodasi hisoblanadi, koʻp ovozli musiqada esa badiiy mazmun bosh ovoz yoki bir necha ovozlar, shuningdek, garmoniya va kontrapunkt vositalari orqali ham ifodalanadi.

Kuy musiqaning koʻp boʻgʻinli ifodaviy vositasidir, unda aksariyat musiqa unsurlari — tovushqator, lad, ritm (vazn-usul), ijro surʼati, cholgʻu to-vushi va inson ovozining tusy (tembr) va b. mujassamlashgan. Kuy anʼanaviy hamda kompozitorlik musiqa ijodining eng qimmatli badiiy vositasi hisoblanib, unda tarixiy va mahalliy uslublar, milliy ohang hamda musi-qiy tushunchalar oʻz aksini topadi. Oʻrta asrlar turkiy adabiyotida Abdulqodir Marogʻiy, Navoiy K. ni koʻg (baʼzan — koʻk) deb atashgan: Dedim tarovaye jonbaxsh mutribo, sen xud Firoq sozi tuzub ulturur koʻgi cholding.

(Navoiy, «Xazoyin ul-maoniy») Shu bilan birga, Xusayn Boyqaro va Bo-bur asarlarida ayvan Kuy tarzi va Kuy maʼnosida uchraydi. Oʻrta asr musiqa ri-solalarida Kuy masalalari keng yoritilgan (yava q. Alhon);

2) turkiy tilli xalqdar (oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, turk va b.) da har xil shaklli cholgʻu musiqa asari.