KUYISH

KUYISH (tibbiyotda) — yuqori t-ra, kimyoviy moddalar (ishqor, kislota, ogʻir metallarning tuzlari va b.), elektr toki va radioaktiv nurlar taʼ-sirida toʻqimalarning shikastlanishi. Shunga koʻra, termik Kuyish, kimyoviy moddalar va nurlar taʼsirida Kuyish farq qilinadi. Turmush va i. ch. da yuqori t-ra taʼsirida Kuyish, yaʼni termik Kuyish koʻp uchraydi.

Toʻqimalarning zararlanishiga qarab Kuyishning 4 darajasi farklanadi: I dara j a da — teri qizarib, bir oz shi-shadi, 4—5 kundan soʻng tuzala boshlaydi. II darajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sargʻish, suyuqlik bilan toʻla pufakchalar paydo boʻladi, ular yorilganda terining yuza qanati ochilib, bezillab turadi. Yaraga infeksiya tush-masa, 10—15 kunda chandiqsiz tuzaladi. III darajada — terining hamma qanati oʻladi (teri usti qorayib keta-di — nekroz). IV darajada — teri va teri osti toʻqimalari (pay, muskullar va hatto suyaklar) kuyib koʻmirga aylanadi. Odatda, kuygan joy juda sekin tuzaladi, koʻpincha oʻsha joyda chu-qur chandiqlar paydo boʻladi. Ayniqsa, kishi yuzidagi chandiqlar husnni bu-zadi. Boʻyin va boʻgʻim atrofidagi chan-diklar (ogʻir turlari) ular harakatini cheklab qoʻyishi mumkin (q. Kontraktura).

Kuyishning ogʻir-yengilligi faqat Kuyish darajasiga qarab emas, balki qancha joy kuyganligiga, yaʼni shikastlangan kishining butun gavda yuzasiga qarab (% hisobida) aniqlanadi.

Kuyishda beriladigan birinchi yordam tutayotgan, yongan yoki kimyoviy moddalar toʻkilgan kiyimni yechib yoki qirqib olish, kuygan joyga aseptik bogʻlov qoʻyishdan iborat. I darajali Kuyishda kuygan joyga 79° li spirt, arak,, odekolon, margansovkaning nimrang erit-masi surtiladi. Gavdaning koʻp qismi kuyganda bemorni tezlik bilan davolash muassasasiga olib borish kerak. Birinchi yordam koʻrsatishda kuygan joydagi pufakchalarni yorish, har xil malhamlar qoʻyish, xususan, siydik bogʻlash yaramaydi.

Prev Article

KUYIKISH

Next Article

KUIISH