KUZGI TENG KUNLIK — Kuyosh osmon sferasining Shim. yarim sharidan Jan. yarim shariga oʻtishida osmon ekvatorini kesish nuqtasi. Bu har yili 23 sent. da sodir boʻladi. Bunda ufq tekisligi osmon ekvatorini teng ikkiga boʻladi. Bu kuni tun uzunligi bilan kunduzning uzunligi bir-biriga teng boʻladi.