LA-PLATA PASTTEKISLIGI — Jan. Amerikadagi Ichki tekisliklarning sharqiy qismi. Braziliya, Paragvay va Argentina hududida. Paragvay-Parana daryolari sohili boʻylab kengligi sharqdan-gʻarbga 900 km, uzunli-gi shim. dan janubga 2400 km ga choʻzilgan. L-P. p. Jan. Amerika platformasining kontinental jinslar, asosan, kaynozoy choʻkindilari bilan toʻlgan sineklizasidir. Shim. qismi tropik iqlimli, yozi seryomgʻir; siyrak oʻrmon va botqoqliklar bor. Jan. qismi subtropik iqlimli, yogʻin yil davomida bir meʼyorda yogʻadi, dasht oʻsimliklari oʻsadi.