LADIGIN Nikolay Vladimirovich

LADIGIN Nikolay Vladimirovich (1905.25.11, Yaroslavl – 1976.13.8, Moskva) — rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1944). 1931—70-y. lar Toshkentda yashagan. Oʻzbekistonda Harbiy okrug qoshida teatr tashkil etishda faol qatnashgan va 1947-y. dan shu teatrning badiiy rahbari va bosh rej. boʻlgan. 1958—65 y. lar Oxunboboyev nomidagi yosh tomoshabinlar teatrining bosh rej. Sahnalashtirgan spektakllarida koʻtarilgan ijtimoiy masalalarning keskinligi va hayotiyligi, zamonaviyligi bilan eʼtiborga molikdir. Eng yaxshi spektakllari: «Hamlet», «Qirol Lir», «Romeo va Julyetta», «Otello» (Shekspir), «Makr va muhabbat» (Shiller), «Tartyuf» (Molyer), «Ikki boyga bir malay» (Goldoni), «Bukri toychoq» (Yershov), «Oltin kalitcha» (Tolstoy), «Kechki ovqat oldidan» (Rozov) va b.

Prev Article

LAGUNA YOTQIZIQLARI

Next Article

LADOGA KOʻLI