LAKONIZM (yun. lakonismos — qisqalik) — fikrni bayon qilishdagi qisqalik va aniqlik. L. adabiy ifoda vositasi sifatida asarda ortiqcha tafsilotlarga berilmaslikni, mezonni bilish va vazminlikni anglatadi. Tildagi Lakonizm uchun oz soʻz bilan koʻp maʼno bayon etish muhim sanaladi. Hikmatli soʻzlar, topishmoq, maqol, iboralar, shiorlar Lakonizm namunalaridir. Yozuvchi va shoirlar (mas, Abdulla Qodiriy, Ab-dulla Qaxdor va b.) oʻz asarlarida Lakonizmdan ustalik bilan foydalanganlar.