LANDSHAFT (nem. Land — yer, schaft — manzara) — 1) tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relyefi, iqlimi, tuproqlari, oʻsimlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega boʻlgan hudud. Landshaftshunoslikda Landshaftning 3 xil tushunchasi mavjud: regional tushuncha, bunda Landshaft yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta boʻlmagan qismi tushuniladi; tipologik birlik boʻlib, bunda Landshaft termini barcha tasnif birliklariga nisbatan qoʻllaniladi; umumiy tushuncha, bu holda Landshaft terminini turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga nisbatan qoʻllanilyshi mumkin. Maye, tundra L., dasht L., togʻ va h. k. Yana q. Geografik landshaft, Madaniy landshaft;
2) meʼmorlikda — bogʻ-rogʻli joylarning umumiy koʻrinishi, manzarasi;
3) tasviriy sanʼatda — manzara janri.