LANDSHAFTSHUNOSLIK

LANDSHAFTSHUNOSLIK — tabiiy geografiyaning boʻlimi, turli darajadagi murakkab tabiat va tabiiy-antropogen geosistemani oʻrganadi. Landshaftshunoslikning asosini geografik landshaft haqidagi taʼlimot tashkil qiladi. Barcha geografik majmualar — landshaft qobigʻi va geografik mintaqalardan tortib eng kichik, yaʼni landshaft, joy, mavzegacha boʻlgan majmualar Landshaftshunoslikning tadqiqot obyektiga kiradi. Baʼzi tadqiqotchilar Landshaftshunoslikni faqat landshaftni va uning tarkibiy qismlari boʻlgan joy, mavze, fatsiyalarni oʻrganadigan fan, deb hisoblaydilar. Ushbu fanning asosiy tadqiqot metodi — Yer yuzasida obyektiv mavjud boʻlgan landshaftlarni aniklash, ularni bevosita joyida ku-zatish, xaritaga tushirish, har tomon-lama tavsiflab berishdan iboratdir. Landshaftlar taʼrifi miqdor va sifat koʻrsatkichlariga asoslanadi. Landshaftshunoslik aniqlagan qonuniyatlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga yordam beradi.

Landshaftshunoslik faniga Rossiyada V. V. Dokuchayev va uning maslakdoshlari L. S. Berg, G. N. Visoskiy, A. A. Grigoryev, S. V. Kalesnik, A. G. Isachenko, G. F. Morozovlar, nemis geografi 3. Passarge asos solgan. Ular tuproq zonalarini oʻrganib, landshaftlarning zonallik qonuniya-tini ishlab chikishgan. Oʻzbekistonda Landshaftshunoslik bilan 1960-y. lardan shugʻullanila boshlandi.

Landshaftshunoslikda hoz. vaqtda bir qancha ilmiy yoʻnalishlar shakllangan. Maye, landshaftlar geofizikasi, landshaftlar geokimyosi, antropogen Landshaftshunoslik, amaliy Landshaftshunoslik va b. L. koʻp fanlar uchun umumiy metodologik yondoshuvlar, yaʼni tarixiy, sistemali yondoshuvlarga tayanadi. Kiyo-siy, matematik, xaritagrafik, aero-kosmik, statsionar metodlardan foydalanadi.

Prev Article

LANDSHAFT GEOKIMYOSI

Next Article

LANKASTERLAR