LAQAB

LAQAB — 1) shaxsning koʻrinishi, qiligʻi, mashgʻuloti yoki biror xususiyatiga qarab beriladigan ikkinchi nom. Mac, Joʻra Pason, Olim Tashvish, Zokir Sovuq, Abdulla Xoʻroz kabi nomlarning ikkinchi qismi Laqab dir. Odatda, Laqab ishlatilish oʻrni va maqsadiga qarab ijobiy yoki salbiy maʼnoga ega boʻladi. Adabiy asarlarda badiiy vosita sifatida ham qoʻllanadi. Yozuvchi va shoirning bundan maqsadi personaj yoki obrazning muayyan tomondan boʻrttirish, uning biron xususiyatini rivojlantirish, qaytariqlardan qochish va asar tilini rang-barang qilishdir. Laqabning baʼzilari adabiyotda umumlashib ketgan. Mas, Majnun (telba) Qaysning, Koʻhkan (togʻ qazar) Farhodning Laqab idir;

2) mumtoz adabiyot davrida taxallus maʼnosida qoʻllangan soʻz. Mas, Navoiy asarlarida oʻzi haqida «al-mulaqab bin-Navoiy» («Navoiy deb laqab olgan») deydi.

Prev Article

LAʼL

Next Article

LAQAY OT ZOTI