Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

LAVHA

LAVHA — 1) xotira yoki qisqacha tarixiy maʼlumot yozib, biror joyga oʻrnatib qoʻyilgan tosh yoki marmar taxta va unga yozilgan matn, xat;

2) voqea, hodisa va sh. k. haqidagi kichik asar yoki parcha;

3) kitob muqaddimasi, bob va qismlarining boshiga sahifaning eni boʻylab solingan naqsh.

Prev Article

LAVH

Next Article

LAVHUL MAHFUZ