LAYN, Markaziy Polineziya Sporada orollari — Tinch okeanning ekvatorial qismidagi arxipelag, Polineziyada. Kiribati davlati tarkibida. Eng yirik atollari — Rojdestvo, Tabuagran, Teraina. Mayd. 500 km2 chamasida. Laynda eng koʻp tarqalgan oʻsimlik — kokos palmasi. Orollarda kopra olinadi, non daraxti oʻstiriladi, baliq ovlanadi. Laynni 1777-y. ingliz dengizchisi sayyohi J. Kuk kashf etgan.