Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

LAYOSH

LAYOSH Buyuk, Layosh I (1326.5.3 — 1382.11.9) — Vengriya (1342—82) va Polsha (Lyudovik I Buyuk yoki vengriyalik Lyudovik nomi b-n) (1370—82) qiroli. Anju sulolasidan. Vengriya dvoryanlarining imtiyozlarini mustahkamlaydigan qonun chiqargan (1351). Neapol qirolligi, Venetsiya, Litva va b. ga qarshi bosqinchilik urushlari olib borgan. Polyak shlyaxtalarpga huquq va imtiyozlar beradigan yorliq eʼlon qilgan (1374).

Prev Article

LAYNER

Next Article

LAKKOLIT