LEVIYEV Manas (Menashe) Betyanovich (1912.25.7, Namangan — 1990.30.4, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1962), Oʻzbekiston xalqartisti (1972). Samarqand musiqa va xoreografiya intida taʼlim olgan (1930—32), Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1944). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—42). Leviyev ijodida oʻzbek va tojik xalqlari ohanglari kompozitorlikka xos koʻp ovozlik vositalar bilan uygʻunlashgan. Kuylari nafis va jozibador, garmoniyasi oddiy va shirador boʻlib, deyarli barcha asarlari hayot-baxsh, koʻtarinkilik ruhi bilan sugʻorilgan. Koʻp qirrali ijodida vokal musiqasi asosiy oʻrin tutadi: «Dilistonim, sen mening», «Goʻzal tong», «Sadoi bulbul» kabi romanslari, «Oʻzbek qizi ovozi», «Oʻrik gullaganda» singari qoʻshiqlari va b. L. oʻzbek musiqali dramasi va ayniqsa, musiqali komediya janrining rivojiga katta hissa qoʻshgan. «Oltin koʻl» (Uygʻun, 1949, oxirgi tahriri 1958), «Toshbolta oshiq» (H. Gʻulom, 1961), «Toshkentning nozanin malikasi» (H. Muhammad, 1978), «Qizil durrali nozik niholim» (Ch. Aytmatov, H. Gʻulom, 1978) asarlari mazkur janrning barkamol namunalariga aylandi. Leviyevning «Suhayl va Mexri» (M. Burhonov, Ik. Akbarov bilan hamkorlikda, 1958), «Mahallada duv-duv ran» (1961), «Oʻtgan kunlar» (1969) kabi kinofilmlarga yozgan musiqasi yorqin va ommabop ohang hamda usullari bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). Ad. h Jabborov A., Manas Leviyev, T., 1986.